Mazkur portal «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi»da qo’yilgan vazifalarni amalga oshirish hamda O’zbekiston Respublikasi «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida»gi qonunida belgilangan asosiy vazifalar - davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to’g’risida axborot olish huquqining kafolatlarini ta’minlash hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining qabul qilinayotgan qarorlar uchun mas’uliyatini oshirish kabi asosiy vazifalarni amalga oshirish maqsadida yaratildi.
Portal O’zbekiston Respublikasi davlat organalari faoliyati ochiqliligini ta’minlash, fuqarolarning erkin axborot olish imkoniyatini yanada oshirish va jamoat nazoratini amalga oshirish imkoniyatini kengaytirish, fuqarolarning siyosiy va huquqiy madaniyatini o’stirish, yoshlarning o’zbek xalqi uchun muhim bo’lgan tarixiy sanalar borasida bilimlarini boyitish shuningdek “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish va Internet tarmog’ida milliy segmentni boyitish maqsadida ishga tushirildi.
Day Zero Project – bu yerda raqobatchilik muhiti shakllangan. Agar sizning g'oyangiz bo'lsa hamfikrlarni toping va siz tavakkalni hush ko'ruvchi inson bo'lsangiz bu sizga qo'l kelishi mumkin.
Islom Karimov jamoatchilik xayriya fondiga O‘zbekiston mustaqilligi asoschisi va birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasi va hayotda amal qilgan tamoyillarini abadiylashtirish maqsadida asos solingan.
«ASIA INSHURANS» sug‘urta kompaniyasi MChJ – bu 2005 yilda asos solingan universal sug‘urta kompaniyasi. Bugungi kunga kelib kompaniya anchagina rivojlandi va ham davlat, ham xususiy sektordagi mijozlarga keng ko‘lamdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatadi.
«ASIA INSHURANS» SK MChJ o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan 2010 yilning 15 sentyabrida berilgan 00149-sonli Litsenziyasi asosida ixtiyoriy va majburiy sug‘urtalash turlari bo‘yicha umumiy sug‘urtalash tarmog‘ida amalga oshiradi.